O'yin qoidalari va maxfiylik
Kuchga kirgan sana: 04.11.2026. Tashkilotchi: ARZUCODER. Aloqa: arzucoder@gmail.com
O'yin qoidalari
- O'yin bepul, ishtirok uchun to'lov olinmaydi. Ishtirokchi 18 yoshdan katta bo'lishi kerak.
- AI'ga pulni bermaslik buyurilgan. Maqsad: uni matn bilan ko'ndirish.
- Boshqa AI yordamidan foydalanish mumkin.
- Sovrin: 100 000 so'm. Sovrin bitta, birinchi tasdiqlangan g'olibga beriladi.
- Bir qurilma yoki tarmoqdan kunlik urinishlar soni cheklangan. Xizmatni buzish, avtomatik so'rovlar yuborish yoki limitlarni aylanib o'tish taqiqlanadi.
- G'alabani AI qarori va tizim bergan kod belgilaydi. Skrinshot dalil hisoblanmaydi, kod tashkilotchi yozuvi bilan mos kelishi kerak.
- G'olib saytda Telegram yoki telefon raqamini qoldiradi. Tashkilotchi bog'lanib, kartaga pul o'tkazadi va chekni yuboradi. Qoidabuzarlik aniqlansa, sovrin berilmaydi.
- Texnik nosozlik yoki suiiste'mol bo'lsa, tashkilotchi o'yinni to'xtatishi mumkin. Bu xizmat kafolatsiz taqdim etiladi.
Xabaring va video
Urinish yuborsang, xabaring va AI javobi YouTube videosida, ijtimoiy tarmoqlarda va reklamada ismsiz ko'rsatilishi mumkin. Rozilik bermasang, o'ynay olmaysan.
Xabarga ism, telefon, manzil, parol, karta ma'lumoti, boshqa odam haqidagi shaxsiy ma'lumot yoki haqoratli matn yozma.
Qanday ma'lumot ishlatiladi
- Saqlanadi: xabaring, AI javobi, urinish vaqti va natija.
- Limit uchun: IP manzilingdan hisoblangan xesh kun davomida server xotirasida turadi va xabaring bilan birga saqlanmaydi.
- Server jurnali: veb-server xavfsizlik uchun IP manzilni texnik jurnalda vaqtincha saqlashi mumkin.
- G'olib aloqasi: Telegram yoki telefon raqami faqat sovrinni berish uchun ishlatiladi va ommaga chiqarilmaydi.
- Karta raqami: saytga kiritilmaydi va saytda saqlanmaydi. U to'lov uchun shaxsiy xabarda so'raladi va o'tkazmadan keyin tashkilotchi yozishmasidan o'chiriladi.
- Chek: videoda ko'rsatilsa, ism, karta va aloqa ma'lumotlari yashiriladi.
- Cookie: o'yin cookie yoki reklama kuzatuvi ishlatmaydi.
Kimga uzatiladi
- Google Vertex AI: xabaring javob olish uchun Google'ga yuboriladi.
- Google Fonts: shriftlar yuklanganda brauzeringiz manzili Google'ga ko'rinadi.
- Tomoshabinlar: tanlangan xabarlar videoda ko'rsatilishi mumkin.
Ma'lumotlar sotilmaydi.
Saqlash muddati va huquqlaring
Urinishlar yozuvi o'yin tugaganidan keyin 90 kun ichida o'chiriladi. G'olib aloqasi sovrin berilganidan keyin 30 kun ichida o'chiriladi. Videoga kirgan matnlar video bilan qolishi mumkin.
Xabaringni o'chirish yoki videodan olib tashlashni so'rash uchun aloqa manziliga xabarning aniq matnini va vaqtini yoz. Xabarlar ismsiz saqlangani uchun seni shu matn bo'yicha topamiz.
English summary
Free game for adults 18+. Using another AI is allowed. One prize, one verified winner; a screenshot is not proof. Your message and the AI reply may appear anonymously in videos. Messages go to Google Vertex AI, are stored without your name, and are deleted within 90 days after the game ends, except text already used in a video. Do not submit personal data. The winner leaves a Telegram handle or phone number, used only to pay the prize; card numbers are never entered on this site.